Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri BMT Bosh kotibining yordamchisi bilan uchrashdi

    Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha BMT bosh kotibining yordamchisi Miroslav Yenchani qabul qildi.

    «Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi yordamchisi Miroslav Yencha janoblari bilan uchrashdik, - deb yozdi Oʻzbekiston TIV rahbari oʻzining telegram kanalida. - Oʻzbekiston xalqi farovonligini oshirish, Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish, yaxshi qoʻshnichilik va tinchlikni mustahkamlashga qaratilgan islohotlarimizni amalga oshirishda BMTning doimiy koʻmagini yuksak qadrlaymiz. Kaha Imnadzeni BMT Bosh kotibining Maxsus vakili va Markaziy Osiyo uchun Preventiv diplomatiya boʻyicha mintaqaviy markazi rahbari lavozimiga tayinlangani bilan yana bir bor samimiy tabriklaymiz va kelgusi faoliyatida ulkan zafarlar tilab qolamiz».

    Eslatib oʻtamiz, avgust oyida Ashxoboddagi BMTning Markaziy Osiyo uchun Preventiv diplomatiya boʻyicha mintaqaviy markazi rahbari va BMT Bosh kotibining Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili lavozimiga tajribali gruziyalik diplomat Kaxa Imnadze tayinlandi.

    U 2017-2023-yillarda Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya boʻyicha mintaqaviy markazi rahbarlik qilgan moldovalik Natalya Germanni almashtirdi. Kaxa Imnadze diplomatiya, davlat xizmati va biznes sohasida 30 yildan ortiq tajribaga ega. 2013-yildan 2022-yilgacha Gruziyaning BMTdagi doimiy vakili, Gruziyaning Kanadadagi elchisi va Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotidagi doimiy vakili lavozimlarida ishlagan.