“Oʻzbekistonga Kreativ iqtisodiyot boʻyicha Butunjahon anjumanida ishtirok etish uchun tashrif buyurgan BMT Savdo va taraqqiyot konferensiyasi (UNCTAD) Bosh kotibi Rebeka Grinspan xonim bilan samarali uchrashuv oʻtkazdik, – deb yozdi Oʻzbekiston TIV rahbari oʻzining telegram-kanalida. – Biz UNCTAD bilan hamkorlikni kengaytirish, investitsiya siyosati, tashqi savdo, barqaror iqtisodiy oʻsishni taʼminlash, mamlakatimizning Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish jarayoniga koʻmaklashish va boshqa masalalarga eʼtibor qaratdik. Koʻplab istiqbolli yoʻnalishlarda faol hamkorlik qilishga kelishib oldik”.
Eslatib oʻtamiz, 2-4-oktyabr kunlari Toshkentda “WCCE 2024: Inklyuziv ijodkorlik: oʻzgargan voqelik” mavzusida IV Butunjahon kreativ iqtisodiyot konferensiya boʻlib oʻtadi.
Anjuman Oʻzbekiston Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi jamgʻarmasi, Indoneziya Turizm va sanoat iqtisodiyot vazirligi, BMTning Savdo va taraqqiyot konferensiyasi, Jahon intellektual tashkiloti va taʼlim boʻyicha hamkor – Britaniya Kengashi bilan birgalikda tashkil etilmoqda, deb xabar beradi “Dunyo” AA.
Oʻzbekiston Markaziy Osiyoda kreativ iqtisodiyot boʻyicha konferensiyaga mezbonlik qilayotgan birinchi davlat.
Forumda 80 dan ortiq mamlakat vakillari ishtirok etadi.