Davstatqoʻm xabariga koʻra, Oʻzbekiston jahonning 160dan ortiq mamlakatlari bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. TSAning nisbatan salmoqli hissasi Xitoy Xalq Respublikasida (16,4 foiz), Rossiya Federatsiyasida (14,6 foiz), Qozogʻistonda (7,2 foiz), Koreya Respublikasida (5,9 foiz), Turkiyada (5,0 foiz), Qirgʻiziston Respublikasida (2,3 foiz) va Germaniyada (2,0 foiz) qayd etilgan.
Tashqi iqtisodiy faoliyat boʻyicha 20ta yirik hamkor-davlatlar orasidan beshta davlatda faol tashqi savdo balansi kuzatilgan, xususan, Afgʻoniston (461,8 mln. AQSH dollari), Qirgʻiziston Respublikasi (394,5 mln. AQSH dollari), Tojikiston (193,1 mln. AQSH dollari) va Eron (39,6 mln. AQSH dollari) shular jumlasidan. Qolgan 16ta davlatlar bilan passiv tashqi savdo balansi saqlanib qolmoqda.
2020-yilning yanvar-avgust oylarida, tashqi savdo aylanmasida MDH davlatlarining ulushi 29,9 foizni tashkil etib, tashqi savdo aylanmasidagi 2018-yilga nisbatan ulushi 8,7 foizga kamaygan.
Boshqa xorijiy davlatlar bilan TSA 2020-yilning yanvar-avgust oylarida 2018-yilning shu davriga nisbatan 8,7 foizga koʻpaydi va jami TSAdagi ulushi 70,1 foizni tashkil etdi.