Eksport hajmi o'tgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 115,3 ming donaga yoki 59,4 foizga oshgan.
2025-yilda O'zbekiston eng ko'p televizor yetkazib bergan davlatlar:
Rossiya – 189 117 dona;
Ozarbayjon – 56 934 dona;
Turkiya – 18 684 dona;
Armaniston – 17 596 dona;
Ukraina – 8 857 dona;
Boshqa davlatlar – 17 981 dona.
Milliy statistika qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, 2025-yilda O'zbekistonning tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi 33,8 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi.