“Oʻzbekiston temir yoʻllari“ Janubiy Koreyadan 6 ta elektropoyezd xarid qiladi

    Transport vaziri Ilhom Maxkamov Koreya Eksimbank vakolatxonasining Toshkentdagi rahbari Sangjin Kang bilan muzokara olib bordi.

    Uchrashuvda Transport vaziri Koreya kompaniyalarining ishtirok etish imkoniyatini oʻrganish uchun Oʻzbekiston Respublikasidagi avtomobil yoʻllarini rekonstruksiya qilish va qurish boʻyicha bir qator loyihalarni taqdim etdi.

    Koreya Eksimbank vakolatxonasi rahbari “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ ehtiyojlari uchun “Hyundai Rotem” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan 6 ta elektropoyezdni xarid qilish loyihasining amalga oshirilish holati haqida maʼlumot berdi hamda Oʻzbekistonning boshqa transport loyihalarida ishtirok etishga yuqori qiziqish bildirdi.

    Elchi janoblari Oʻzbekiston Koreyaning strategik, jumladan, transport sohasidagi muhim hamkorlaridan biri ekanini alohida taʼkidladi. Koreya tomoni vazirlik rahbariyatini joriy yilning ikkinchi yarmida boʻlib oʻtadigan Koreya – Markaziy Osiyo xalqaro forumiga taklif etdi.