2024-yil 15-dekabrdan 2025-yil 12-yanvarga qadar bir qator yoʻnalishlarda qoʻshimcha poyezd qatnovlari tashkil etiladi.

Qoʻshimcha qatnovlar va vagonlar qishki taʼtil davrida yoʻlovchilarning temir yoʻl transporti qatnovlariga boʻlgan talabini qondirish maqsadida yoʻlga qoʻyilmoqda.

Qoʻshimcha qatnovlar:

  • Toshkent — Urganch — Toshkent yoʻnalishida 2024-yil 17-dekabrdan boshlab 18 ta qoʻshimcha qatnov amalga oshiriladi.
  • Samarqand — Toshkent — Samarqand yoʻnalishida 2024-yil 15-dekabrdan boshlab, «Afrosiyob« tezyurar elektropoyezdi qoʻshimcha 30 ta qatnovni amalga oshiradi.

Quyidagi yoʻnalishlarda 2024-yil 20-dekabrdan har kuni 4 ta qoʻshimcha plaskart vagonlari qoʻshiladi.

  • Toshkent — Qoʻngʻirot — Toshkent;
  • Toshkent — Termiz — Toshkent;
  • Toshkent — Urganch — Toshkent;
  • Toshkent — Sariosiyo — Toshkent.