Mazkur olimpiadada dunyoning 107 mamlakatidan 622 nafar o'quvchilar ishtirok etmoqda. O'zbekiston sharafini esa quyidagi 6 nafar o'quvchi himoya qilishadi:

1 . Diyorbek Tolipov — Buxoro viloyati, G'ijduvon tumani 5-IDUM 10-sinf o'quvchisi;

2. Jahongir Norboev — Buxoro viloyati, Peshku tumani 18-maktabning 11-sinf o'quvchisi;

3. SHahboz Hasanov — Buxoro viloyati, Qorako'l tumani Qorako'l akademik litseyi 2-kurs o'quvchisi;

4. Ibrohim Mirg'iyosov — Namangan viloyati, Namangan shahri NamDU akademik litsey 2-kurs o'quvchisi;

5. Muhammadrizo Majidov — Toshkent shahar Prezident maktabi 9-sinf o'quvchisi;

6. eldor Neymatov — Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani 1-IDUM 11-sinf o'quvchisi.

Terma jamoamizni olimpiadaga munosib ishtirokini ta'minlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Matematika instituti binosida shart-sharoitlar yaratildi.

Olimpiada shartiga ko'ra, har bir ishtirokchi 4,5 soat davomida 3 ta topshiriqni echib, uni asoslab berishi lozim. So'ngra har bir ishtirokchining yakuniy to'plagan ballari asosida Hakamlar hay'ati tomonidan g'oliblar aniqlanadi.

SHu o'rinda yurtimiz sharafini himoya qilayotgan terma jamoamiz a'zolariga muvaffaqiyat tilaymiz.