Xabaringiz bor, Italiyaning Jesolo shahri mezbonlik qilgan para yengil atletika boʼyicha “Italian Open 2022” xalqaro Gran-Pri turnirida hamyurtlarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etib, 17 ta medalni qoʼlga kiritdi. Shulardan 6 tasi oltin, 5 tasi kumush va 6 tasi bronza.

Delegatsiyamiz aʼzolari yurtimizga qaytib kelishdi. Ular Toshkent xalqaro aeroportida Oʼzbekiston Milliy paralimpiya qoʼmitasi rahbariyati, ota-onalar va ommaviy axborot vositalari xodimlari tomonidan munosib kutib olindi.