Unga koʻra, amaldagi Jahon chempioni Argentina terma jamoasi peshqamlikni saqlab qoldi. Ikkinchi oʻringa 1854 ochko bilan Fransiyani ortda qoldirgan Ispaniya joylashdi. Kuchli uchlikni Fransiya yakunlab berdi.
Oʻzbekiston terma jamoasi bir pogʻona yuqorilab, 57 oʻringa chiqib oldi. “Oq boʻrilar” Yaponiya (15), Eron (18), Janubiy Koreya (23), Avstraliya (26) va Qatar (55) terma jamoalaridan soʻng Osiyo qitʼasida oltinchi oʻrinda bormoqda.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston terma jamoasi mart oyidagi FIFA kunlarida Jahon chempionati saralashi doirasida Qirgʻiziston (1:0) va Eron (2:2) terma jamoalari bilan bahs olib bordi.