Oʻzbekiston terma jamoasi Jahon chempionatini gʻalaba bilan boshladi

    Sport 2 Oktabr 2022 1172

    Ayni kunlarda Turkiyaning Istanbul shahrida nogiron-amputantlar oʻrtasida Jahon chempionati oʻtkazilmoqda. Unda 5 karra jahon chempioni Oʻzbekiston nogiron-amputantlar terma jamoasi ham ishtirok etmoqda.

    Jahon chempionati ilk turida Oʻzbekiston nogiron-amputantlar terma jamoasi Polsha nogiron-amputantlar terma jamoasi magʻlubiyatga uchratdi — 3:1.

    Gollar: Lastovski 9ʼ, Haydarali Tursunboyev 11ʼ, Qudrat Xudoyqulov 34ʼ, Aziz Abdurahmonov 48ʼ.

    Eslatib oʻtamiz, Polshani magʻlubiyatga uchratgan Oʻzbekiston terma jamoasi “E” guruhidan Ispaniya hamda Tanzaniya terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.