Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro tomonidan mart oyida boʻlib oʻtadigan yigʻin uchun jalb etilgan futbolchilar roʻyxati eʼlon qilindi. Unga koʻra, oʻrtoqlik turnirida ishtirok etish uchun 26 nafar futbolchi chaqirilgan.

Darvozabonlar:

Oʻtkir Yusupov (“Navbahor”), Abduvohid Neʼmatov (“Nasaf”), Botirali Ergashev (“Neftchi”).

Himoyachilar:

Rustam Ashurmatov (“Istiqlol”, Eron), Umar Eshmurodov (“Nasaf”), Abduqodir Husanov (“Manchester Siti”, Angliya), Muhammadrasul Abdumajidov, Hojiakbar Alijonov, Sherzod Nasrullayev, Muhammadqodir Hamraliyev (“Paxtakor”), Behruz Karimov (“Surxon”), Jahongir Oʻrozov (“Dinamo”), Farruh Sayfiyev (“Neftchi”).

Yarim himoyachilar:

Umarali Rahmonaliyev (“Sabah”, Ozarbayjon), Ibrohim Ibragimov, Dostonbek Hamdamov, Akmal Mozgovoy (“Paxtakor”), Alisher Odilov, Jamshid Iskanderov (“Neftchi”), Otabek Shukurov (“Baniyas”, BAA), Azizjon Gʻaniyev (“Al Batoyeh”, BAA), Oston Oʻrunov (“Persepolis”, Eron).

Hujumchilar:

Eldor Shomurodov (“Istanbul Bashakshehir”), Igor Sergeyev (“Persepolis”, Eron), Sherzod Temirov (“Erbil”, Iroq).