Oʻzbekiston Togo bilan ham diplomatik aloqalar oʻrnatdi

    Shu yilning 27-sentyabr kuni Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Togo Respublikasi tashqi ishlar vaziri Rober Dyusse janoblari bilan uchrashdi.

    Bugun Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Togo Respublikasi tashqi ishlar vaziri Rober Dyusse janoblari bilan uchrashib, diplomatik munosabatlar oʻrnatish toʻgʻrisidagi Qoʻshma kommyunikeni imzoladi.

    — Shubhasiz, Afrika qitʼasi davlatlari bilan oʻzaro manfaatli hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish uchun katta imkoniyatlarimiz mavjud, — deydi Baxtiyor Saidov.

    Maʼlumot uchun: Togo Oʻzbekiston bilan diplomatik aloqalar oʻrnatgan 155-davlat boʻldi.