Oʻzbekiston 2020-yilda 70 ta xorijiy davlatlarga qiymati 1,9 milliard dollarga teng boʻlgan toʻqimachilik mahsulotlarini eksport qilgan. Bu 2019-yilga nisbatan 295,3 million dollarga oshgan.
Oʻzbekiston toʻqimachilik mahsulotlari eksporti asosan Rossiyaga (655,5 million dollarga), Xitoyga(438,2 million), Qirgʻiziston Respublikasiga (283,9 million), Turkiyaga (206,1 million), Polshaga (43,4 million), Qozogʻistonga (42,3 million), Tojikistonga (34,7 million), Ukraina (33,1 million) va Eronga (26,4 million dollar) toʻgʻri keldi, deb xabar beradi Davlat statistika qoʻmitasi matbuot xizmati.