Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2021-yilning yanvar-aprel oylarida xorijdan qiymati 113,7 million AQSH dollariga teng boʻlgan yengil avtomobillar import qilgan.
2021-yilning oʻtgan 4 oyi mobaynida Oʻzbekiston yengil avtomobillarni eng koʻp import qilgan davlatlar:
Xitoy – 39,5 million;
Koreya – 30,4 million;
Rossiya – 22,1 million;
Tailand – 6,6 million;
Germaniya – 3,3 million;
Polsha – 3,1 million;
AQSH – 2,8 million;
Yaponiya – 1,8 million;
Qozogʻiston – 1,7 million;
Litva – 1,1 million.
Maʼlumot oʻrnida, 2021-yilning yanvar-aprel oylarida import qilingan elektromobillar uchun 3,4 million AQSH dollari sarflangan.