Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2021-yilning yanvar-aprel oylarida xorijdan qiymati 113,7 million AQSH dollariga teng boʻlgan  yengil avtomobillar import qilgan.

2021-yilning oʻtgan 4 oyi mobaynida Oʻzbekiston yengil avtomobillarni eng koʻp import qilgan davlatlar:

Xitoy – 39,5 million;

Koreya – 30,4 million;

Rossiya – 22,1 million;

Tailand – 6,6 million;

Germaniya – 3,3 million;

Polsha – 3,1 million;

AQSH – 2,8 million;

Yaponiya – 1,8 million;

Qozogʻiston – 1,7 million;

Litva – 1,1 million.

Maʼlumot oʻrnida, 2021-yilning yanvar-aprel oylarida import qilingan elektromobillar uchun 3,4 million AQSH dollari sarflangan.