Unga koʻra, Oʻzbekiston 58 ball bilan 131-oʻringacha koʻtarilgan, 2021-yilda esa 59 ball bilan (1 balldan 100 ballgacha baholanadi, 1 ball – eng ijobiy) 147-oʻrinni egallab turgan edi.
Maʼlumot uchun: TRACE Matrix indeksi kompaniyalarga maʼlum bir mamlakatda biznes yuritishda korrupsiyaga duch kelish xavfini baholab beruvchi vosita sifatida ishlab chiqilgan. Indeks 2014-yildan beri eʼlon qilinib kelinmoqda.
Bu yilgi maʼlumotlarga koʻra, Shimoliy Koreya, Turkmaniston, Ekvatorial Gvineya, Suriya va Venesuelada tijoriy poraxoʻrlik xavfi eng yuqori, Norvegiya, Yangi Zelandiya, Shvetsiya, Shveysariya va Daniya esa eng past koʻrsatkichlarga ega.
Mintaqamizda indeksdagi ijobiy oʻzgarishlar faqat ikki davlatda, jumladan, Oʻzbekistonda kuzatilmoqda.