Qayd etilishicha viloyatda yagona hisoblangan bunday ulkan quvvatli transformator punktining qiymati 7,5 mlrd. soʻmni tashkil etadi.

U oʻtgan yilning noyabr oyida favqulodda avariyali holatda oʻchib, koʻplab isteʼmolchilarga vaqtinchalik noqulaylik tugʻdirgan, ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilingan va muhokamalarga sabab boʻlgan 16000 kVa quvvatga ega boʻlgan maʼnan eskirgan TP oʻrniga oʻrnatiladi.

Tuman elektr tarmoqlari mutasaddilarining maʼlum qilishicha, mazkur yangi TP ni 14-may, juma kuni nimstansiyaga oʻrnatish va toʻliq ishga tushirish rejalashtirilgan.

Ulkan quvvatli yangi TPning toʻliq ishga tushishi bilan 20 mingdan ortiq aholi xonadonlari va 150 dan ortiq ulgurji isteʼmolchilarga sifatli elektr energiyasi yetkazib berishga xizmat qiladi.