Mercatour — Afrika mamlakatlaridagi sayyohlik agentliklari va taʼlim muassasalarining uyushmasi hisoblanadi. Uning bosh qarorgohi Kamerun poytaxti Yaunde shahrida joylashgan.

Mazkur memorandum oʻzaro tashriflar, professor-oʻqituvchilar va talabalar almashinuvi, qoʻshma taʼlim va tadqiqot loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish, tadqiqot faoliyati natijalarini birgalikda nashr etish, ilmiy salohiyatni rivojlantirish sohasidagi hamkorlik, oʻquv kurslari, seminar, trening, konferensiya va simpoziumlarda ishtirok etish, akademik materiallar almashish, turizm, sport va dam olish sohasida tajriba almashish masalalarini oʻz ichiga qamrab olgan.