O'zbekiston, Turkiya va Ozarbayjon ilk bor uch tomonlama muzokara o'tkazadi

    Xalqaro hamkorlik 1 Avgust 2022 1316

    Bu haqda dushanba kungi brifingda O'zbekiston prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov ma'lum qildi.

    «Davlatimiz rahbarining Turkiya va Ozarbayjon respublikalari prezidentlari kelishuvlariga muvofiq, mazkur haftada ilk bor Toshkent shahrida O'zbekiston, Turkiya, Ozarbayjon tashqi ishlar, savdo hamda transport vazirlarining uch tomonlama uchrashuvi bo'lib o'tadi. Bu mutlaqo yangi mexanizm» — dedi u.

    Ta'kidlanishicha, muzokaralar kun tartibidan mintaqalararo hamkorlikni yanada rivojlantirish, investitsiyalar, innovatsiyalar, transport-kommunikatsiya sohalarida hamkorlik istiqbollarini belgilash o'rin olgan. Qolaversa, Shavkat Mirziyoev tadbirda ishtirok etadigan Turkiya TIV rahbari Mavlut Chavushog'li va Ozarbayjon TIV rahbari Jeyhun Bayramovni ham qabul qiladi.