O'zbekiston-Turkmaniston o'rtasida chegara savdo zonalari tashkil etiladi

    Xalqaro hamkorlik 16 May 2020 922

    O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o'rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisining o'rinbosari – tashqi ishlar vaziri R.Meredov bilan videokonferentsaloqa orqali muzokaralar o'tkazdi.

    Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabar berishicha, uchrashuv davomida savdo-iqtisodiy, investitsiya, transport-logistika va madaniy-gumanitar sohalaridagi ikki tomonlama hamkorlikning joriy holati va istiqbollari muhokama qilindi.

    Xususan, 2020 yilning ikkinchi yarmida Toshkentda ikki tomonlama hamkorlik masalalarini birgalikda hal etish uchun samarali platforma sifatida o'zini ko'rsatgan savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy-gumanitar hamkorlik bo'yicha Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig'ilishini hamda O'zbekiston-Turkmaniston ishbilarmonlik Kengashining birinchi yig'ilishini o'tkazish dolzarbligi ta'kidlandi.

    O'zbekiston-Turkmaniston chegarasida chegara savdo zonalarini yaratish masalalari ko'rib chiqildi, bu esa ikki mamlakat bozorlarida talabga ega qishloq xo'jaligi va maishiy texnika, oziq-ovqat mahsulotlari, qurilish materiallari hamda neft-kimyo mahsulotlari etkazib berish orqali tovar aylanmasini sezilarli darajada oshirishi mumkin.

    Rauf Nurullaev