Bu haqda OʻFA Matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda 2025-yilgi Osiyo kubogi nafaqat mintaqaviy musobaqa, balki Osiyo futbolining kelajakdagi yulduzlarini kashf qilish uchun ajoyib maydon boʻlib xizmat qilgani aytildi.
Shuningdek, yosh futbolchilar musobaqada oʻz jamoalarining muvaffaqiyatli natijaga erishishi va FIFA U-17 Jahon chempionatiga yoʻllanma olishi yoʻlida oʻzlarini barcha jihatdan namoyon eta olishgani eʼtirof etildi.
"Asilbek Aliyev ushbu yosh iqtidor Oʻzbekistonning chempionlik yoʻlida eng asosiy futbolchilardan biri boʻlib, hujum chizigʻini ishonch va sovuqqonlik bilan boshqardi.Musobaqaning dastlabki toʻrt uchrashuvida u beshta gol urdi hamda ajoyib hujumchilik mahorati bilan ajralib turdi. Aliyev yakunda musobaqa toʻpurari, shuningdek, Markaziy Osiyo futbolining eng yorqin kelajak yulduzi sifatida katta eʼtirofga sazovor boʻldi," — deyiladi xabarda.