Shu yilning 13-aprel kuni Oʻzbekiston terma jamoasi BAA ga qarshi toʻp surdi. Ushbu uchrashuvda terma jamoamiz BAA terma jamoasi ustidan 3:1 hisobda gʻalabaga erishdi.
Uchrashuvning birinchi boʻlimida dubl qayd etgan Asilbek Aliyev uchrashuvning 14-daqiqasidayoq 25 metrli jarima zarbasidan unumli foydalanib, hisobni ochdi.
35-daqiqada Aliyev chap qanotdan Sayfiddin Sodiqovning uzatmasini golga aylantirgan boʻlsa, boʻlim soʻngida Sodiqovning oʻzi penaltini aniq amalga oshirib, hisobni 3:0 koʻrinishiga keltirdi.
Tanaffusdan soʻng BAA terma jamoasi 66-daqiqada bitta toʻp kiritdi — Muhammad Buti Almarar standart vaziyatdan soʻng gol urdi. Ammo bu oʻyinni oʻzgartirish uchun yetarli boʻlmadi.
Shu tariqa Oʻzbekiston BAA terma jamoalari oʻrtasida kechgan uchrashuvda Oʻzbekiston terma jamoasi BAAni 3:1 hisobda magʻlub etib, U-17 Osiyo kubogi yarim finaliga yoʻl oldi.
Final yoʻllanmasi uchun bahs shu yilning 17-aprel kuni boʻlib oʻtadi.









