Bugun Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ishtirokini boshlaydi. Yigitlarimiz Indoneziyada oʻtayotgan mundialning ilk oʻyinida Mali jamoasiga qarshi toʻp suradi.
Uchrashuvni urugvaylik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Bosh hakam — Texera Gustavo, unga qanotlarda hamyurtlari Barrerio Karlos va Nievas Andres yordam beradi. 4-rasmiy hakam vazifasi esa Aranda Aprismanga (Indoneziya) topshirilgan.
Mazkur o'yinda futbolchilarimiz to'liq ko'k libosda, darvozabonimiz esa to'q sariq libosda harakatlanadi.
Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 14:00 da Surakarta shahridagi “Manahan” stadionida start oladi.
Malumot uchun, O'zbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatida "B" guruhida Kanada, Mali, Ispaniya bilan guruhdan chiqish uchun bahs olib boradi. Mazkur turnir 10-noyabrdan 2-dekabrga qadar davom etadi.