Shenchjenda U-20 Osiyo Kubogi 1-turidan oʻrin olgan bahslar oʻtkazilmoqda.

Unda “C” guruhi doirasida Oʻzbekiston terma jamoasi Yamanga qarshi maydonga chiqdi.

Oʻyinning 26-daqiqasida 26 raqamda toʻp surayotgan Muhammadali Oʻrinboyev hisobni ochdi.

Ushbu gol uchrashuvda yagona boʻlib qoldi va Oʻzbekiston yoshlari muhim 3 ochkoni qoʻlga kiritdi.