Oʻyinlar 13 va 16-oktyabr kunlari boʻlib oʻtadi.   Temur Kapadze shogirdlari poytaxtimizdagi “Bunyodkor” stadionida avval ispanlar, keyin misrliklar bilan kuch sinashadi.

Ushbu ikki oʻyinga  Xitoyda oʻtgan Osiyo oʻyinlarida ishtirok etgan tarkibdan tashqari, “Rubin”dan Umarali Rahmonaliyev hamda Superliga jamoalaridan ham oʻyinchilar jalb qilingan.