Osiyo O'yinlari-2022 nimchorakfinali doirasida O'zbekiston olimpiya jamoasi Indoneziyaga qarshi maydonga tushdi.
Hangjou shahrida o'tgan bahsda Temur Kapadze shogirdlari o'yinning asosiy vaqtida indoneziyaliklar bilan durang qayd etishdi – 0:0.
Qo'shimcha bo'limlarning dastlabkisi boshlanganidan 2 daqiqa o'tib, Jasur Jaloliddinovning uzatmasidan keyin zaxiradan maydonga tushgan SHerzod esonov hisobni ochdi, 120-daqiqada esa dublga erishib, o'yin qahramoniga aylandi – 2:0.
Shu tariqa, O'zbekiston chorakfinalda Saudiya Arabistoni – Hindiston uchrashuvi g'olibiga qarshi maydonga tushadi. 1/4 final o'yini 1 oktyabr kuni o'tkaziladi.