Oʻzbekiston U-23 terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi

    «Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi« faxriy unvoni sohibi Ravshan Haydarov Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi.

    Bu haqda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi maʼlum qildi.

    Ravshan Haydarov bosh murabbiyligida turli yosh toifasidagi terma jamoalarimiz oʻz vaqtida ikki karra Osiyo chempionligiga erishgan, ikki marta yoshlar terma jamoamiz Jahon chempionatida ishtirok etgan.

    R.Haydarov 2014-2015-yillari Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasida, 2015-2017-yillar terma jamoada faoliyat yuritgan. 2018-yil yoshlar terma jamoasi ustozi sifatida qitʼa chempionligini qoʻlga kiritgan. 2023-yil Haydarov bosh murabbiyligidagi Oʻzbekiston U-20 terma jamoasi Osiyo chempionligiga erishgan.