Finalda TOP-100 talikka kirgan gʻoliblar Innovatsion oʻquv va ishlab chiqarish texnoparki “Coworking” imkoniyatlaridan 3 oy bepul foydalanish uchun vaucher, IT-park tomonidan maxsus akseleratsiya dasturiga sertifikat hamda 10 million soʻm pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Shuningdek, final doirasida ishtirok etgan, ammo TOP-100 talikka kira olmagan 145 nafar ishtirokchining har biri 3 million soʻmdan pul mukofoti, “Oʻzbekiston uchun 100 gʻoya” loyihasining maxsus diplomi va IT-park tomonidan maxsus akseleratsiya dasturiga sertifikat topshirildi.

Gʻoliblar oʻz gʻoyalarini real hayotga tatbiq etish imkonini qoʻlga kiritadi hamda ularning loyihalari “Oʻzbekiston uchun 100 gʻoya” maxsus albomiga kiritiladi.

Yoshlar ishlari agentligi Axborot va media xizmati