Andijon viloyatining Qoʻrgʻontepa tumanida Qirgʻiziston Respublikasidan noqonuniy olib oʻtuvchi yer osti yoʻllari aniqlandi.

Joriy yilning 3 va 9-fevral kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi tomonidan tezkor tadbirlar olib borildi.

Tadbirda Qirgʻiziston Respublikasi Oʻsh viloyati Qora-Suu tumani hududidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali Andijon viloyati Qoʻrgʻontepa tumani hududiga olib kiruvchi, har birining eni 60 sm, balandligi 1,5 metr, uzunligi taxminan 150-200 metrli ikkita yer osti yoʻllari mavjudligi aniqlandi.

Hozirgi vaqtda, ushbu holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining 223-moddasi bilan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi doirasida surishtiruv ishlari olib borilmoqda.