баннер
15 Apr 2025
16:18

    O‘zbekiston va Afg‘oniston Hayraton–Mozori Sharif temir yo‘lidan foydalanish bo‘yicha yangi kelishuvni imzoladi

    Xalqaro hamkorlik 13 Fevral 2023 2420

    Kecha «Sogdiana trans» shirkat korxonasi va “Afgʻoniston temir yoʻllari” boshqarmasi oʻrtasida Hayraton–Mozori Sharif temir yoʻlidan foydalanish boʻyicha yangi kelishuv imzolandi.

    “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning Facebookdagi sahifasida maʼlum qilinishicha, kelishuvga binoan, “Sogdiana trans” 2 yil davomida ushbu hududda oʻz faoliyatini davom ettiradi.

    Bundan tashqari, tomonlar birgalikda Mozori Sharif bekatiga yuklarni yetkazib berishni tezlashtirishni kelishib oldi va “Afgʻoniston temir yoʻllari” boshqarmasining mahalliy mutaxassislarini tayyorlashga alohida eʼtibor qaratdi.

    Maʼlum qilinishicha, 10-11-fevral kunlari Afgʻonistonga 714 ta yuk vagonlari yetkazilgan. Yuklarni yetkazish davom ettirilmoqda.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech