Uchrashuvda “PrivaZorg Maastricht” kompaniyasi direktori, “Nobama care” (Niderlandiya) kompaniyasi raisi B.Nizomiy hamda “Jawzjan Al-Hayot” kasalxonasi (Afgʻoniston) muassisi A.Xamiylar ham ishtirok etishdi.
Xorijlik mehmonlar Oʻzbekistonning turizm sohasidagi islohotlar, yangi yoʻnalishlar va turistik mahsulotlar, “Uzbekistan SafeTravel GUARANTEED” sanitariya-epidemiologiya xavfsizligi tizimi bilan tanishishdi. Shuningdek, yurtimizda sayyohlik yoʻnalishlarini diversifikatsiya qilish boʻyicha qabul qilingan chora-tadbirlar muhokama qilindi.
Tomonlar Oʻzbekistonda tibbiyot turizmini rivojlantirish uchun yaratilgan shart-sharoitlar va oʻziga xos xususiyatlar haqida atroflicha fikr almashishdi. Xorijiy tadbirkorlar mamlakatimizning yuksak turizm salohiyatini inobatga olgan holda qoʻshma loyihalarni amalga oshirishdan manfaatdor ekanini bildirishdi.
Maʼlumot oʻrnida: “Privazorg Maastricht” Niderlandiyadagi “PrivaZorg” tibbiy muassasasini qoʻllab-quvvatlovchi mintaqaviy markaz boʻlib, “uyda parvarish qilish”ga ixtisoslashgan. Oʻz navbatida, “Nobama Care” kompaniyasi toʻliq tibbiy yordamga ega qariyalar uylari tarmogʻidir. Hozirgi vaqtda kompaniya 4 filialiga ega boʻlib, joriy yilning oktyabr oyida beshinchi muassasasining ochilishi kutilmoqda. Bunda, taʼsischilar har bir bino uchun 6 million yevro sarmoya kiritgan, deb xabar beradi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi matbuot xizmati.