Uchrashuvda oʻzbekistonlik qishloq xoʻjaligi mutaxassislari, fermerlari va tadqiqotchilarining Argentinaga tashriflarini tashkil etish hamda argentinalik ekspertlarni Oʻzbekistonga taklif qilish orqali tajriba almashinuvini yoʻlga qoʻyish ishlari va raqamli platformalar orqali muntazam oʻquv sessiyalari, vebinarlar va virtual seminarlar tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Savdo va investitsion hamkorlik doirasida Oʻzbekistonning quritilgan mevalari, jumladan, mayiz va quritilgan olxoʻri eksportini yoʻlga qoʻyish, shuningdek, Argentinadan yuqori hosildor mevali daraxt koʻchatlarini olib kelish boʻyicha kelishuvga erishildi.
Uchrashuv yakunida ushbu tashabbuslarni oʻz ichiga olgan oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandumni ishlab chiqish va imzolash boʻyicha kelishuvga erishildi.