Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Belarus Respublikasiga oliy darajadagi davlat tashrifi doirasida tashkil etildi.
Uchrashuvda ikki mamlakat fanlar akademiyalari o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi. Fundamental va amaliy tadqiqotlarni rivojlantirish, matematika, yadro fizikasi, kimyo, materialshunoslik, biotexnologiya, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika, sun’iy intellekt va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda innovatsiyalarni tijoratlashtirish hamda qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, ilmiy markazlar o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish, yosh olimlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish va qo‘shma ilmiy tadbirlarni muntazam tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Oliy darajadagi tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi hamda Belarus Respublikasi Milliy fanlar akademiyasi o‘rtasida ilmiy-texnikaviy hamkorlik sohasidagi Anglashuv memorandumi ikki davlat prezidentlari huzurida imzolandi. Muzokaralar davomida memorandumda belgilangan ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha amaliy ishlarni jadallashtirish, qo‘shma ilmiy dasturlar va laboratoriyalarni yo‘lga qo‘yish, innovatsion ishlanmalarni birgalikda amalga oshirish hamda xalqaro ilmiy grantlar doirasidagi hamkorlikni kengaytirish yuzasidan aniq choralarni amalga oshirishga kelishib olindi.
Uchrashuv yakunida tomonlar ilm-fan va innovatsiyalar O‘zbekiston–Belarus strategik sherikligining muhim yo‘nalishlaridan biri ekanini alohida ta’kidladilar. Shuningdek, o‘zaro manfaatli ilmiy hamkorlikni izchil rivojlantirish, ilmiy salohiyatni birlashtirish va zamonaviy texnologiyalarni yaratishga qaratilgan qo‘shma tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar. Shu bilan birga, qo‘shma ishchi guruh tuzish hamda hamkorlikning amaliy “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishga kelishib olindi.
Ma’lumot uchun: Belarus Respublikasi Milliy fanlar akademiyasi 1929-yilda tashkil etilgan bo‘lib, mamlakatning oliy davlat ilmiy tashkiloti hisoblanadi. Akademiya fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtiradi hamda tabiiy, texnika, tibbiyot, qishloq xo‘jaligi va ijtimoiy-gumanitar fanlar yo‘nalishlarida faoliyat yuritayotgan o‘nlab ilmiy-tadqiqot institutlari va ilmiy markazlarni birlashtiradi.
O‘zbekiston va Belarus fanlar akademiyalari ilmiy hamkorlikni yanada kengaytiradi
Minsk shahridagi Belarus Respublikasi Milliy fanlar akademiyasida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti, akademik Shavkat Ayupov hamda Belarus Respublikasi Milliy fanlar akademiyasi Prezidiumi raisi Vladimir Karanik o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston terma jamoasi Rossiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi
- Aichi-Nagoya–2026: Oʻzbekistonlik parasportchilar yana oltin medallarni qoʻlga kiritdi
- O‘zbekistonda mikroelektronika va mikrosxemalarni loyihalash bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi
- Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
- O‘zbekistonda Tibbiyot va farmatsevtika hodimlari kuni belgilanishi mumkin
- Oʻzbekistonlik shifokor va hamshiralar Yevropada 2 200 yevrogacha maosh bilan ishlashi mumkin
2027-yilda qaysi mahallalardagi hujjatsiz uy-joylar xatlovdan oʻtkaziladi?
- Mudofaa vaziri etib tayinlangan Botir Qudratxo‘jayevni kuzatish marosimi o‘tkazildi
- Davlatimiz rahbari taʼlimdagi islohotlar natijalari va zamonaviy ilmiy infratuzilma bilan tanishdi
- Oʻzbekiston Prezidenti “Lukoyl” kompaniyasi tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalarning borishi bilan tanishdi
- Prezidentimiz ustoz va murabbiylar bilan uchrashib, ta’lim sohasidagi yangi tashabbuslarni belgilab berdi
- Pensiya islohotlari: fuqarolar oʻz kelajagidan xavotir olmasligi lozim