Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Belarus Respublikasiga oliy darajadagi davlat tashrifi doirasida tashkil etildi.
Uchrashuvda ikki mamlakat fanlar akademiyalari o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi. Fundamental va amaliy tadqiqotlarni rivojlantirish, matematika, yadro fizikasi, kimyo, materialshunoslik, biotexnologiya, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika, sun’iy intellekt va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda innovatsiyalarni tijoratlashtirish hamda qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, ilmiy markazlar o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish, yosh olimlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish va qo‘shma ilmiy tadbirlarni muntazam tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Oliy darajadagi tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi hamda Belarus Respublikasi Milliy fanlar akademiyasi o‘rtasida ilmiy-texnikaviy hamkorlik sohasidagi Anglashuv memorandumi ikki davlat prezidentlari huzurida imzolandi. Muzokaralar davomida memorandumda belgilangan ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha amaliy ishlarni jadallashtirish, qo‘shma ilmiy dasturlar va laboratoriyalarni yo‘lga qo‘yish, innovatsion ishlanmalarni birgalikda amalga oshirish hamda xalqaro ilmiy grantlar doirasidagi hamkorlikni kengaytirish yuzasidan aniq choralarni amalga oshirishga kelishib olindi.
Uchrashuv yakunida tomonlar ilm-fan va innovatsiyalar O‘zbekiston–Belarus strategik sherikligining muhim yo‘nalishlaridan biri ekanini alohida ta’kidladilar. Shuningdek, o‘zaro manfaatli ilmiy hamkorlikni izchil rivojlantirish, ilmiy salohiyatni birlashtirish va zamonaviy texnologiyalarni yaratishga qaratilgan qo‘shma tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar. Shu bilan birga, qo‘shma ishchi guruh tuzish hamda hamkorlikning amaliy “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishga kelishib olindi.
Ma’lumot uchun: Belarus Respublikasi Milliy fanlar akademiyasi 1929-yilda tashkil etilgan bo‘lib, mamlakatning oliy davlat ilmiy tashkiloti hisoblanadi. Akademiya fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtiradi hamda tabiiy, texnika, tibbiyot, qishloq xo‘jaligi va ijtimoiy-gumanitar fanlar yo‘nalishlarida faoliyat yuritayotgan o‘nlab ilmiy-tadqiqot institutlari va ilmiy markazlarni birlashtiradi.
O‘zbekiston va Belarus fanlar akademiyalari ilmiy hamkorlikni yanada kengaytiradi
Minsk shahridagi Belarus Respublikasi Milliy fanlar akademiyasida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti, akademik Shavkat Ayupov hamda Belarus Respublikasi Milliy fanlar akademiyasi Prezidiumi raisi Vladimir Karanik o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Etihad Airways Abu-Dabi va Toshkent o‘rtasida kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi
- Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlarida noqonuniy diniy saboq berish holatlari aniqlandi
- Mehnat nizolarini ko‘rishga ixtisoslashgan sudyalar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi
- Tabiiy gaz tarmog‘iga ulab berish va gazdan qarzdorlikni kamaytirib berish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi
- Buxoro davlat texnika universiteti – nazariyani amaliyot bilan uyg‘unlashtiradigan universitet
- O‘zbekiston va Belarus fanlar akademiyalari ilmiy hamkorlikni yanada kengaytiradi
Ilgiz Tantashev Paragvay — Fransiya o‘yini boshqaradi
- Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari telefon orqali muloqot qildilar
- Prezidentimiz “Navbahor” futbol klubining akademiyasida boʻldi
- Toʻraqoʻrgʻonda toʻliq zanjirli parrandachilik loyihasi amalga oshirilmoqda
- Yangi Namanganda IT-park qurilishiga tamal toshi qoʻyildi
- Yoshlarga davlat mukofotlari topshirildi