Muloqot davomida Oʻzbekiston–Belarus hamkorligi, xususan parlamentlararo aloqalarni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va tadbirkorlik sohalarida hamkorlikni rivojlantirish masalalari diqqat markazda boʻldi.
Taʼkidlanganidek, ikki tomonlama munosabatlarda parlamentlararo muloqot muhim oʻrin tutadi. Ikki davlat parlament vakillarining MDH Parlamentlararo Assambleyasi va Parlamentlararo ittifoq kabi xalqaro parlament tashkilotlar doirasidagi faol hamkorligi eʼtirof etildi.
Parlament aʼzolari oliy darajada erishilgan kelishuvlar ijrosi ustidan parlament nazoratini taʼminlash uchun barcha saʼy-harakatlarni amalga oshirish lozimligi taʼkidlandi.
Bundan tashqari, Minsk shahrida boʻlib oʻtadigan Oʻzbekiston – Belarus biznes doiralari va tadbirkor ayollar birinchi biznes-forumi, unda tadbirkor ayollarning faol ishtiroki masalalari muhokama etildi. Ushbu forum ayollar tadbirkorligini rivojlantirishiga, mamlakatlar oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash boʻyicha yangi takliflarni muhokama qilish va ishlab chiqish uchun samarali maydonga aylanishiga umid bildirildi.
Shuningdek, tomonlar madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirish borasida ham fikr almashdi, deb xabar beradi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.