Oʻzbekiston va Beliz oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatildi

    Markaziy Amerikada joylashgan Beliz Oʻzbekiston bilan diplomatik aloqalar oʻrnatgan 147-davlat boʻldi.

    Kecha Nyu-York shahrida Oʻzbekiston va Beliz oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatish toʻgʻrisida Qoʻshma kommyunike imzolandi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA.

    Ikki davlat hukumatlari nomidan hujjatni Oʻzbekistonning BMTdagi doimiy vakili Ulugʻbek Lapasov va Belizning BMTdagi doimiy vakili Karlos Fuller imzoladi.

    Tomonlar xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMT va uning ixtisoslashgan idoralari doirasidagi hamkorlikni mustahkamlashdan manfaatdorlik bildirdilar.

    Ikki tomonlama hamkorlikning oʻzaro manfaatli yoʻnalishlarini aniqlash uchun oʻzaro aloqalarni faollashtirish boʻyicha kelishuvga erishildi.

    Shu tariqa, Markaziy Amerikada joylashgan Beliz Oʻzbekiston bilan diplomatik aloqalar oʻrnatgan 147-davlat boʻldi.