Muzokaralar chogʻida hamkorlikni yanada rivojlantirishning istiqbolli yoʻnalishlari, jumladan, hududlararo muloqotni kengaytirish, shuningdek, stanoklar ishlab chiqarish, yengil sanoat, kadrlar va texnologiyalar almashinuvi yoʻnalishlari koʻrib chiqildi.
Tomonlar Oʻzbekiston hududlari va Boshqirdiston oʻrtasidagi tovar ayirboshlashning ijobiy dinamikasini, xususan, 2024-yil yakuniga koʻra oʻzaro savdo 11,8 foizga oʻsganligini qayd etib, Boshqirdiston Respublikasiga meva-sabzavot va toʻqimachilik mahsulotlarini eksport qilishni tashkil etish boʻyicha kelishuvga erishdilar.
Bundan tashqari, Oʻzbekistonda boshqird kompaniyalarini joylashtirish uchun qoʻshma texnopark tashkil etish rejalari muhokama etildi. Boshqird tomoni mamlakatimizda savdo uyi ochishga ham katta qiziqish bildirdi, deb xabar beradi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.