Muzokaralar chogʻida turizm sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, ushbu yoʻnalishidagi hamkorlikning ikki tomonlama meʼyoriy-huquqiy bazasini takomillashtirish, mamlakatlar oʻrtasida oʻzaro sayyohlik oqimini koʻpaytirish chora-tadbirlari, shuningdek, Oʻzbekiston va Buyuk Britaniyada oʻtkaziladigan xalqaro tadbirlarda ishtirok etish masalalari muhokama etildi.

Uchrashuv yakunida qoʻshma loyihalarni amalga oshirish boʻyicha doimiy aloqalarni, shu jumladan ekspertlar darajasida davom ettirish yuzasidan kelishuvga erishildi, deb xabar beradi Turizm qoʻmitasi matbuot xizmati.