Suhbat chogʻida Oʻzbekiston va Singapur oʻrtasidagi hamkorlik, xususan, siyosiy, savdo-iqtisodiy, moliyaviy sohalaridagi, taʼlim yoʻnalishidagi sheriklik hamda parlamentlararo aloqalarni yana-da rivojlantirish boʻyicha batafsil fikr almashildi.
Jessika Tan Sun Neo soʻnggi yillarda ikki tomonlama munosabatlar sezilarli darajada faollashganini alohida taʼkidladi. Bu Oʻzbekiston va Singapurning ham hukumat darajasidagi, ham ishbilarmon doiralar oʻrtasidagi aloqalariga taalluqli. Bu esa oʻzaro manfaatli hamkorlikni yana-da mustahkamlash uchun qulay imkoniyatdir.

Singapur hukumati, dunyoning boshqa mamlakatlari singari Covid-19 tarqalishiga qarshi kurashish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solayotgani taʼkidlandi. Pandemiya ish joylarini saqlab qolish va yaratishga hamda aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga salbiy taʼsir koʻrsatganligi qayd etildi.
Suhbatdosh Singapur turli sohalardagi, ayniqsa, korrupsiyani yoʻq qilish, faoliyati fuqarolik jamiyati bilan yaqin hamkorlikka asoslangan oshkora raqamli hukumatni shakllantirish boʻyicha boy tajribasi bilan oʻrtoqlashishga tayyorligini bildirdi.
Tomonlar, shuningdek, taʼlim va moliya sohasidagi oʻzaro aloqalarni yana-da rivojlantirish istiqbollarini koʻrib chiqdi. Fond va qimmatli qogʻozlar bozori, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish, xalqaro fundamentalizm va ekstremizmga qarshi kurashish masalalari ham muhokama etildi.
Ibrohim Abdurahmonov: “Atamalarni shunday kiritaylikki, kelajak avlod oldida uyalib qolmaylik”