O‘zbekiston va Eron hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishib oldi – TIV

    Xalqaro hamkorlik 29 Avgust 2023 945

    O‘zbekiston va Eron Tashqi ishlar vazirliklari hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishib oldi, deya xabar berdi vazir Baxtiyor Saidov o‘zining Telegram-kanalida.

    Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullahiyon bilan onlayn uchrashuv oʻtkazdi.

    Taʼkidlanishicha, uchrashuvda hamkorlikning siyosatdan tortib iqtisodiy diplomatiyagacha boʻlgan barcha jabhalari muhokama qilindi.

    “Oʻzbekiston va Eron Tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida ikki tomonlama munosabatlarimizni yanada rivojlantirishga qaratilgan va birgalikda hal etishimiz lozim boʻlgan asosiy vazifalar belgilangan “Yoʻl xaritasi”ni imzoladik”, deb yozadi Saidov.