O'zbekiston delegatsiyasining Fransiyaga tashrifi doirasida O'zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi vakillari mamlakatimiz elchixonasida Evropada prognozlash va xavfsizlik institutining taniqli fransiyalik mutaxassisi Jan-Antuan Dupra bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.
Uchrashuvda O'zbekiston elchisi Sardor Rustamboev ham qatnashdi.
O'zbekiston vakillari bilan uchrashish men uchun ulkan sharaf, — dedi ekspert. — Fransiya davlat boshqaruvi sohasida boy tajribaga ega. Shu bois, bu yo'nalishda tajriba almashish foydali bo'ladi, deb o'ylayman. Davlat boshqaruvi sohasida fikr almashish o'zaro manfaatlidir. Agar bizning tajribamiz siz uchun foydali bo'lsa, biz bundan juda mamnun bo'lamiz.