Safar davomida turizm sohasida hamkorlikni kuchaytirish hamda ikki mamlakat oʻrtasida charter reyslarni yoʻlga qoʻyish masalalari muhokama qilindi.

Shu bilan birga, taʼlim sohasidagi hamkorlik doirasida Samarqanddagi “Ipak yoʻli” xalqaro turizm universiteti bilan oʻzaro tajriba, mutaxassislar va adabiyotlar almashuvini yoʻlga qoʻyish xususida soʻz yuritildi. Gretsiya madaniyat markazida Oʻzbekistondagi yunon diasporasi uchun begʻaraz asosda til kurslarini tashkillashtirish borasida fikr almashildi.

Gretsiya Madaniyat va sport vaziri oʻrinbosari Lefteris Avgenakis bilan Oʻzbekiston hamda Gretsiya hukumatlari oʻrtasida tuzilgan 2006-2009-yillarda taʼlim, fan va madaniyat sohalarida hamkorlik dasturini qayta imzolash, mazkur sohalarda xodimlar tajriba almashinuvini yoʻlga qoʻyish masalalari muhokama qilindi. Bundan tashqari, turli sport tadbirlari, xususan ralli boʻyicha musobaqalar oʻtkazish hamda davlat-xususiy sektor sherikligi boʻyicha Gretsiya tajribasini oʻrganish, uni tatbiq qilishga doir kelishuvga erishildi.

Afinaga tashrif doirasida Oʻzbekiston delegatsiyasi tomonidan Gretsiya Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, Gretsiya sayyohlik va turistik agentliklar assotsiasiyasi, Gretsiya-Yevroosiyo Ittifoqi, Gretsiya mehmonxonalari kengashi, “Aegean Airlines” aviakompanisi, "“KAD 12 Sports Tips” kabi tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari yuzasidan muzokaralar oʻtkazildi.