R.Kumar Hindiston Oʻzbekiston bilan barcha sohalardagi aloqalarni rivojlantirishdan manfaatdor ekanini taʼkidlab, ikki davlat oʻrtasidagi harbiy va harbiy-texnik hamkorlik doʻstona aloqalarning muhim tarkibiy qismi ekanini qayd etdi.
Tomonlar harbiy-texnik hamkorlik sohasida oʻzaro munosabatlarni yana-da chuqurlashtirish maqsadida mavjud barcha imkoniyatlardan foydalanish zarurligini taʼkidladi.
Uchrashuvda mamlakatlar oʻrtasidagi harbiy-texnik hamkorlik koʻlamini yana-da kengaytirish maqsadida qoʻshma korxonalar ochish va hamkorlikda harbiy mahsulotlar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish istiqbollari haqida fikr almashildi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.