Oʻzbekiston va Jazoirning agrar sohadagi istiqbollari belgilandi

    Agrosektor 12 Aprel 2023 1196

    Qishloq xoʻjaligi vaziri Aziz Voitov Jazoir Xalq Demokratik Respublikasining Oʻzbekistondagi elchisi Bumediyen Gennad bilan uchrashuv oʻtkazdi.

    Unda agrar sohadagi ikki tomonlama hamkorlikning joriy holatini tahlil etish va yangi istiqbolli yoʻnalishlarini belgilab olish boʻyicha ayrim masalalar muhokama etildi.

    Uchrashuvda, Orolboʻyining qurgʻoqchil va shoʻrlangan yerlariga qarshi kurashda Jaizoir tomoni oʻz tajribasi, mutaxassislari hamda yerlarni qayta tiklash va ekinlar yetishtirish boʻyicha tajriba loyihasi uchun yer maydoni ajratilishdan manfaatdorligini bildirdi.

    Bundan tashqari, Oʻzbekiston Jazoirning sugʻorish texnikasi boʻyicha tajribasidan foydalanishi mumkin, bu esa Oʻzbekistonda paxta va mevali ekinlari hosildorligini oshirishga yordam beradi.

    Muzokaralarda Oʻzbekiston Jazoirga quritilgan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish salohiyati, oʻz navbatida, Jazoirdan Oʻzbekistonga don va kartoshka mahsulotini eksport qilish imkoniyatlar yuzasidan fikr almashildi.

    Uchrashuvda qayd etilgan masalalarni atroflicha muhokama etish maqsadida olim va mutaxassislardan iborat Jazoir delegatsiyasini Oʻzbekistonga tashrifini tashkil etish taklifi ilgari surildi, deb xabar beradi Qishloq xoʻjaligi vazirligi matbuot xizmati.