Suhbat chogʻida ikki mamlakat oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy gumanitar sohalarda hamkorlikni kengaytirish hamda parlamentlararo aloqalarni yoʻlga qoʻyish masalalari diqqat markazida boʻldi.

Muloqot davomida davlatlararo munosabatlar faollashuvining amaliy qadami sifatida parlamentlar oʻrtasida hamkorlikni rivojlantirish masalasiga alohida eʼtibor qaratildi.

Oliy Majlisning Kipr Vakillar palatasi bilan muloqotini barcha darajalarda tizimli va samarali yoʻlga qoʻyish, shuningdek, xalqaro parlament tuzilmalari doirasida konstruktiv hamkorlikni oʻrnatish boʻyicha kelishib olindi, deb xabar beradi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.