Samimiy va doʻstona muhitda oʻtgan suhbat davomida xalqlarimiz oʻrtasida doʻstlik va oʻzaro anglashuvni yanada mustahkamlash, madaniy va gumanitar almashinuvlarni kengaytirish yuzasidan fikr almashildi.

Oliy martabali mehmon oʻzbek amaliy sanʼat ustalarining ijod namunalari bilan tanishdi, xalqimiz anʼana va urf-odatlari namoyish etildi.