Uchrashuv davomida mehmonlar Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyati toʻgʻrisida xabardor etildi.
Tomonlar ikki mamlakat parlamentlari oʻrtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni rivojlantirishning hozirgi holati va istiqbollarini muhokama qildilar.
Soʻnggi yillarda ikki mamlakat parlamentlari oʻrtasida aloqalar sezilarli ravishda tiklangani va tizimli parlamentlararo muloqot yoʻlga qoʻyilgani taʼkidlandi.
Turli darajadagi oʻzaro tashriflar tashkil etish, birgalikda tadbirlar oʻtkazish, shuningdek, qabul qilinayotgan qonun hujjatlari va boshqa normativ hujjatlar toʻgʻrisida maʼlumot almashish orqali parlamentlararo muloqotning tizimli xususiyatlarini taʼminlash boʻyicha atroflicha fikr almashildi.
Uchrashuv ishtirokchilari mintaqalararo aloqalarni rivojlantirish va “Hududlar forumi”ni oʻtkazishga alohida eʼtibor qaratdilar, mazkur Forum Oʻzbekiston va Koreya hududlari oʻrtasida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikni yana-da rivojlantirishga qaratilgan.
Tomonlar Oʻzbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatilganining 30 yilligiga bagʻishlangan tadbirlar tashkil etish boʻyicha takliflar bildirdilar.
Uchrashuvda tomonlar xalqaro va mintaqaviy siyosatning oʻzlarini qiziqtirgan baʼzi dolzarb masalalari boʻyicha fikr almashdilar, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.