Oʻzbekiston va Koreya Markaziy banklari oʻrtasida kadrlar tayyorlash sohasida Bitim tuzildi

    Xalqaro hamkorlik 10 Avgust 2021 941

    Oʻzbekiston va Koreya Markaziy banklari oʻrtasida kadrlar tayyorlashga doir Bitim tuzildi.

    2021-yildagi taʼlim boʻyicha hamkorlik Dasturi toʻgʻrisidagi bitim xodimlarni oʻqitish va ularning pul-kredit siyosati sohasidagi bilimlarini oshirish orqali ikki markaziy bank oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni yaxshilashga xizmat qiladi, deya xabar beradi Markaziy bank axborot xizmati.

    Bitim Oʻzbekiston Respublikasi moliya bozorini va makroiqtisodiy siyosatini rivojlantirishga, shuningdek, ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashga qaratilgan.