O‘zbekiston delegatsiya Janubiy Koreya Milliy politsiya universiteti, Politsiyaning inson resurslarini rivojlantirish instituti va Jinoiy tekshiruvlar institutida bo‘ldi.
Janubiy Koreya Milliy politsiya universiteti hamda O‘zbekiston ichki ishlar vazirligi akademiyasi va Jamoat xavfsizligi universiteti o‘rtasida kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish sohasidagi aloqalarni rivojlantirish xususida fikr almashildi. Janubiy Koreya politsiyasi Bosh komissarining joriy yil iyun oyida O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida ushbu ta'lim muassasalari o‘rtasida memorandumlar imzolash bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Tomonlar O‘zbekiston va Janubiy Koreya ta’lim muassasalari kursantlarini turli o‘quv dasturlari bo‘yicha o‘zaro o‘qitish, 2021-2022-yillarda Janubiy Koreya Milliy politsiya universitetida O‘zbekiston ta’lim muassasalari o‘qituvchilari uchun pedagogik stajirovkalar tashkil etish, shuningdek, Janubiy Koreya politsiyasi o‘qituvchilarini instruktor sifatida Ichki ishlar vazirligi akademiyasi va Jamoat xavfsizligi universitetida o‘quv mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun yuborishga tayyor ekanini bildirdi, deb xabar beradi «Dunyo» AA.