Uchrashuvda Kuvayt tashqi ishlar vaziri Abdulla Ali Al-Yahyo bilan birga Oʻzbekiston Prezidentining Kuvaytga muvaffaqiyatli tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni oʻz vaqtida amalga oshirish va muhim tarmoqlar boʻyicha hamkorlikni kengaytirishni masalalari muhokama qilindi.

“Sarmoyalarni koʻpaytirish, aloqalarni mustahkamlash, strategik sheriklik munosabatlarini kengaytirish, mintaqaviy va xalqaro masalalar boʻyicha hamkorlik bizning ustuvor vazifamiz hisoblanadi“, — deb yozadi TIV rahbari oʻzining Telegram kanalida.